Muddatli to'lovga 5 000 ga yaqin hamkor nuqtalarida va do'konlarida xarid qiling
Uzum Nasiya – 12 oygacha muddatli toʻlov xizmati.
Uzum Nasiya oʻz foydalanuvchilariga hamkor nuqtalarda tovar va xizmatlarni onlayn va oflayn formatda 12 oygacha muddatli toʻlovga xarid qilish imkoniyatini taklif etadi. Kechiktirilgan toʻlovlar uchun foiz, jarima va penyalar yoʻq!
Siz istalgan doʻkon va hamkor nuqtalarda bir necha daqiqa ichida xaridlarni boshlangʻich toʻlovsiz amalga oshirishingiz va toʻlovlarni esa qismlarga boʻlib toʻlashingiz mumkin. Kelgusi toʻlovlar belgilangan kartadan avtomatik ravishda yechib olinadi. Foydalanuvchilar uchun boshlangʻich toʻlovsiz 3, 6 va 12 oylik muddatli toʻlov (nasiya) tariflari mavjud.
Uzum Nasiya muddatli toʻlovi orqali xaridlarni oflayn va onlayn tarzda kiyim-kechak, poyabzal, kosmetika, parfyumeriya doʻkonlarida va servisning boshqa koʻplab hamkor nuqtalarida amalga oshirishingiz mumkin. Hamkorlarimiz orasida Why Music, 1fit, Mi-store, Idea, lg, Elmakon, Just, Mediapark, Goodzone kabi yirik brendlar bor.
Uzum Marketda ham tovarlarni muddatli toʻlovga xarid qilish imkoniyati mavjud: toʻlov turida "Uzum Nasiya muddatli toʻlovi"ni belgilang va 3, 6 yoki 12 oylik muddatdan birini tanlang.
Shuningdek, endi sevimli taom va oziq-ovqatlarni ham Uzum Tezkor yetkazib berish xizmati orqali 4 ta teng qismlarga boʻlib muddatli to‘lovga xarid qilish imkoniyati mavjud.
Saytda yoki ilovada roʻyxatdan oʻting va 25 000 000 soʻmgacha limitga ega boʻling. Buning uchun sizga pasport yoki ID-karta va bank kartasi kerak boʻladi. Shundan soʻng sizda Oʻzbekiston boʻylab kerakli tovar va xizmatlarni 25 000 000 soʻmgacha boʻlgan limit asosida muddatli toʻlovga xarid qilish imkoniyati paydo boʻladi.
Nasiya boʻyicha toʻlovlarni Oʻzbekistonning istalgan bank kartalari hamda toʻlov tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin. Oʻzingizga qulay tizimni tanlang: Payme, Click, Uzum Bank, Paynet.
Uzum Nasiya Oʻzbekiston boʻylab 5000 dan ortiq hamkor nuqtalarga ega bo’lib, ular soni kundan kunga jadal sur’atlarda oshib bormoqda. Bizning hamkorlarimiz orasida quyidagilar mavjud:
- Kosmetika va parfumeriya doʻkonlari;
- Oʻquv markazlari;
- Uzum Market marketpleysi;
- Qurilish materiallari doʻkonlari, avtotovarlar;
- Aksessuarlar, kiyim-kechak va poyabzal doʻkonlari;
- Mebel, maishiy texnika va elektronika shourumlari.
Agar sizda qandaydir savollar tugʻilsa, biz bilan https://t.me/UzumNasiyaBot boti yoki +998787771515 raqami orqali bogʻlanishingiz mumkin. Bizning qoʻllab-quvvatlash xizmatimiz har kuni soat 09:00 dan 22:00 gacha foydalanuvchilarimizga mamnuniyat bilan yordam berishga tayyor.
Screenshots
Store gallery · 18
🇺🇿
#47
Uzbekistan · free
Overall (all apps)
Store presence
As of Jul 17, 2026stale (62d)
Rating4.23
Ratings16,141
PriceFree
Version4.0.2
UpdatedJul 6, 2026
ReleasedOct 3, 2021
Installs5,000,000–7,140,019
In-app purchasesNo
Rating breakdown
Store rating histogram · 16,137 ratings
5★12,361 (77%)
4★601 (4%)
3★306 (2%)
2★284 (2%)
1★2,585 (16%)
Rank grid
Current rank by country × genre, shown as color bands
1–3 4–10 11–50 51–100 100+
🇺🇿UZ
Overall (all apps)
47▲22
Rank over time
Choose chart, genre, and markets to compare
Version history
Versions observed at capture, newest first
v4.0.2Jul 6, 2026
• Bug fixes and performance improvements.
Update impact
Dated releases · rank and review signals, 14 days before → after
Review sentiment over time
Positive, neutral, and negative share by month, week, or version
Player reviews
Recent store reviews · rule-based labels
Review coverage is not available yet for this app.